TOVUQ GO’ShTIDAN DUNYONI ZABT ETGAN BETAKROR RETSEPT.
KFC Amerikada Harland Sanders tomonidan tashkil etilgan, o’sha paytda bu kishi 62 yoshni qarshilab, ilgari parom kapitani, sug'urtalovchi, yorug'lik uskunalari do'konida sotuvchi, yurist, shinalar sotuvchisi va hatto havaskor akusher kabi turli ishlarni bajarishga harakat qilib ulgurgan.
U qayd etilgan sohalarning barchasida shu qadar kuchli muvaffaqiyatsizlikka uchragan ediki, hatto o'z joniga qasd qilishga uringan!
Bularning barchasi 1930 yilgacha davom etdi. Keyin u restorani bo'lgan yoqilg'i quyish shaxobchasini ijaraga oldi. Bu yerda u sayohatchilarga faqat o'zi bilgan retsept bo’yicha tayyorlangan tovuq go’shtini tortiq qila boshladi!
O'n yil o'tgach, 1940 yilda u o’zining retseptini takomillashtirdi. Unda 11 ziravorlar va ko’katlar bor edi, ularning ba'zilari o’sha shaxobcha oshxonasining eshigi oldida o'yib yozilgan edi.
Birinchi KFC 1952 yilda ochilgan, 1955 yilda esa noyob retseptini patentlangan Sanders brendni rivojlantirish uchun mablag' to'plash uchun marafon o'tkazdi. U 1000 dan ortiq uchrashuvlarni o'tkazdi va nihoyat 1964 yilda 74 yoshida KFCni investorlarga 2 million dollarga sotdi! Davomi ma'lum.
Harland Sandersning "11ta o'simlik va ziravorlar" noyob retsepti bugungi kunga qadar oziq-ovqat sanoati sohasida eng mashhur savdo sirlaridan biri hisoblanadi. KFC ta'mining o'ziga xosligi haqida ishonchingiz komil bo'lishi mumkin!
Dunyoning 130 dan ortiq mamlakatlarida, endi esa O'zbekistonda ham 21 000 dan ortiq KFC restoranlari ishlamoqda!