Taomlarimizning ayniqsa ajoyibligining sababi nimada?
1. Yangi tayyorlangan – doimo yaxshiroq!
Taomlarimizning ajoyib ta'mi, taom tortilishidan bir necha daqiqa oldin tayyorlanganligi bilan izohlanadi. Tovuq go’shti va burgerdan tortib kartoshka fri va salatlargacha - siz buyurtma bergan har qanday taom shu zaxotiyoq tayyorlanadi!
2. Jo’jalarni saqlash shartlari
Faqat KFC uchun mo'ljallangan jo’jalarni saqlash shartlari mustaqil xalqaro kompaniyalar tomonidan hayvonlarning farovonligi standartlariga rioya qilish nuqtai nazaridan sinchkovlik bilan va rejadan tashqari tekshiriladi.
3. Xom ashyo
Barcha yetkazib beruvchilarimiz GFSI bo’yicha sertifikatlangan va xalqaro reyting agentliklari va mustaqil ichki inspektorlar tomonidan xalqaro sog'liqni saqlash va xavfsizlik standartlariga rioya qilish uchun sinovdan o'tgan, ular biz foydalanadigan barcha xom ashyoni eng yuqori standartlarga to'liq mos kelishini tasdiqlaydi.
4. Oshpazlarni sertifikatlash
Har bir oshpaz 2 oyda bir marta retseptlarni bilish masalasida attestatsiyadan o'tadi! Faqat shundagina polkovnik Sanders o'z ishining natijasi bilan faxrlanishi mumkin!
5. Yog'ni tekshirish
Bizning frityurlarimizning yog' kislotaliligini nazorat qilish kuniga ikki marta amalga oshiriladi. Ruxsat etilgan qiymatlar oshib ketganda, yog' darhol almashtiriladi!
6. Pishirish texnologiyasi
Har bir panirovkadan oldin unni elash. Har bir restoranda un kuniga 100 martagacha elanishi mumkin.
7. Sifat nazorati
Mehmonlarga tovuq go’shtini keltirishdan oldin, biz har bir bo'lakchani tekshiramiz.
8. Saqlash muddati
Tovuqning har bir qismi uchun issiqlik shkafidagi vaqt boshqacha.
Misol uchun, tovuq go’shtining yirik qismlari 90 daqiqa, karsillama qalamchalar esa – 30 daqiqa saqlanadi. Bundan bir daqiqa ham o’tib ketishi mumkin emas!
9. Tovuq go’shti harorati
Sovutilgan paytida tovuq go’shtining harorati hech qachon 4 darajadan oshmasa-da, chuqur qovurilganidan keyin u kamida 85 daraja bo’ladi!
10. Sabzavotlar harorati
Pishirish vaqtida sabzavotlarning harorati har doim 5 darajadan past bo'ladi. Biz bu bilan hazillashmaymiz! Biz sabzavotlarni ISO 22000 (HACCP) standartiga asoslangan protseduralarga muvofiq yuvamiz.
11. Ingredientlarning yaroqlilik muddati
Masalliqlarimizni (masalan, sabzavotlar, pishloq va boshqalarni) bevosita ovqat pishirish joyida saqlash vaqti 4 ko’pi bilan soat. Bundan bir daqiqa ham ortiq emas!