0

  1. OMMAVIY OFERTA SHARTNOMASI

     

    1. TA’RIFLAR.

     

    1.1. Buyurtmachi - ommaviy oferta shartnomasining 16-bo’limiga muvofiq, shartlarni to'liq va istisnosiz qabul qilgan (taklifni qabul qilgan) jismoniy yoki yuridik shaxs.

    1.2. Ijrochi - “INTERNATIONAL FOODCHAIN” MChJ hisoblanadi.

    1.3. Yetkazib berish xizmati - Ijrochiga tegishli va Ijrochi tomonidan taklif qilinayotgan mahsulotlarni/tovarlarni, Ijrochi tomonidan Buyurtmachiga yetkazib berish uchun moʻljallangan https://www.kfc.com.uz/ internet sayt, shuningdek “KFC UZ” mobil ilovasi.

    1.4. Veb-sayt – https://www.kfc.com.uz/ internet sayti.

    1.5. Menyu - yetkazib berish xizmati resursida joylashtirilgan mahsulotlar haqida ma'lumot.

    1.6. Mahsulot/Tovar - oziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek Ijrochiga tegishli bo'lgan, yetkazib berish xizmati resurslarida ko’rsatilgan, Buyurtmachining buyurtmasiga binoan Ijrochi tomonidan yetkazib beriladigan mahsulotlar.

    1.7. Buyurtma – Buyurtmachining, yetkazib berish xizmati orqali tovarlarni sotib olish to'g'risida rasmiylashtirgan qarori.

    1.8. Shartnomani bajarish joyi - Buyurtmachi tomonidan ko'rsatilgan, Ijrochi tomonidan tovarlar yetkazib beriladigan joy (manzil) yoki Ijrochining joylashgan joyi, agar Buyurtmachi tovarni o'zi olib ketishga qaror qilsa.

    1.9. Tashuvchi – yetkazib berish shartnomasi bo'yicha o'ziga ishonib topshirilgan tovarni jo'natish joyidan belgilangan manzilgacha yetkazib beruvchi, shuningdek yukni oluvchiga yetkazib berish majburiyatini o'z zimmasiga olgan yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor.

    1.10. Tomonlar - birgalikda Buyurtmachi va Ijrochi hisoblanadi.

     

    2. UMUMIY QOIDALAR.

     

    2.1. Ijrochi, ushbu, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 367-377-moddalariga muvofiq, yetkazib berish xizmatlarini ko’rsatish shartnomasi hisoblanadigan shartnomani (ommaviy shartnomani) – oferta (taklif) sifatida jismoniy shaxslar uchun e’lon qiladi.

    2.2. Ushbu ommaviy oferta (keyingi o‘rinlarda “Oferta” deb yuritiladi) Ijrochi va Ofertani qabul qilgan shaxs o‘rtasidagi kelishuvning barcha muhim shartlarini belgilaydi.

    2.3. Ushbu shartnoma Buyurtmachi va Ijrochi o'rtasida, Buyurtmachi tomonidan buyurtma berilayotganida, oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish uchun tuziladi.

    2.4. Oferta https://www.kfc.com veb-saytida joylashgan Yetkazib berish xizmati orqali Ijrochi tomonidan taqdim etilayotgan yetkazib berish xizmatlaridan foydalanish niyatida bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi hududidagi istalgan jismoniy yoki yuridik shaxs tomonidan akseptlanishi (qabul qilinishi) mumkin, shuningdek, “KFC UZ” mobil ilovasi orqali ham ushbu hatti-harakatlarni amalga oshirish mumkin.

    2.5. Xaridor taklifda mavjud bo'lgan barcha shartlarni so'zsiz qabul qiladi (ya'ni, to'liq va istisnosiz).

    2.6. Agar ushbu shartnoma shartlari qabul qilinsa (ya'ni Yetkazib berish xizmatining ommaviy oferta), ofertani qabul qilgan jismoniy yoki yuridik shaxs Buyurtmachiga aylanadi.

    Buyurtmani https://www.kfc.com.uz/ sayti orqali, uyali aloqa vositasidan qo’ng’iroq qilib operator orqali yoki “KFC UZ” mobil ilovasi orqali joylashtirish aksept hisoblanadi.

    2.7. Oferta, unga barcha ilovalar, shuningdek, mahsulotlar haqidagi barcha qoʻshimcha maʼlumotlar https://www.kfc.com.uz/ veb-saytida, shuningdek, “KFC UZ” mobil ilovasida eʼlon qilingan.

     

    3. IJROCHI MAQOMI.

     

    3.1. Yetkazib berish xizmati, tovarlarni Internet orqali yetkazib berishning masofaviy usulini tashkil qilish uchun mo'ljallangan.

    3.2. Yetkazib berish xizmati Buyurtmachi tomonidan buyurtma berilisihda, Buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlarning mazmuni va to'g'riligi uchun javobgar emas.

    4. BUYURTMACHI MAQOMI.

     

    4.1. Buyurtmachi buyurtma berishda taqdim etilgan ma'lumotlarning to'g'riligi uchun, ushbu ma’lumotlar uchinchi shaxslar da'volaridan ozodligi uchun, shuningdek ushbu ma’lumotlar uchinchi shaxslar e’tirozidan ozodligi uchun javobgardir.

    4.2. Buyurtmachi buyurtma berishda “Men xizmat ko'rsatish shartlariga roziman” katagiga belgi qo'yish orqali ushbu Shartnomada belgilangan shartlarga roziligini tasdiqlaydi.

     

    5. OFERTA PREDMETI.

     

    5.1. Ijrochi Buyurtmachining buyurtmasi asosida tovarlarni Buyurtmachiga, ushbu Tovarlar uchun belgilangan shartlarda va narxlarda yetkazib beradi.

    5.2. Buyurtmachi tomonidan buyurtma qilingan va to'langan tovarlarni yetkazib berish Ijrochi tomonidan amalga oshiriladi. Buyurtmachi tovarni mustaqil ravishda olish huquqiga ega (o’zi olib ketish nazarda tutilgan). Buyurtma berishda, Buyurtmachiga yetkazib berish usulini tanlash huquqi beriladi.

    5.3. Buyurtma veb-sayt/mobil ilova orqali, operator orqali tasdiqlangan paytdan boshlab Buyurtmachi ofertaning barcha shartlarini (ofertani qabul qilish) va uning ilovalarini to'liq va istisnosiz qabul qilgan hisoblanadi.

    Agar oferta yuqorida ko'rsatilgan usullardan biri bilan qabul qilingan bo'lsa, Buyurtmachi va Ijrochi o’rtasida buyurtirilgan tovarlarni yetkazib berish bo'yicha xizmatlarni ko'rsatish shartnomasi tuzilgan hisoblanadi va Buyurtmachi maqomiga ega bo'ladi.

     

    6. SHARTNOMNI TUZISH TARTIBI.

     

    6.1. Buyurtmachi veb-saytda yoki mobil ilovada taqdim etilgan har qanday mahsulotga mustaqil ravishda yoki ommaviy oferta shartlariga ko'ra veb-saytda ko'rsatilgan telefon raqamlari orqali, yoki operator orqali buyurtma berishi mumkin.

    6.2. Yetkazib berish xizmati orqali buyurtma berishda Buyurtmachi o'zi haqidagi quyidagi ma'lumotlarni berishi shart:

    Buyurtmachining F.I.SH. (familiyasi, ismi, sha’rifi (otasining ismi))

    Mahsulotni yetkazib berish manzili.

    Mahsulot Buyurtmachisining aloqa telefon raqami va elektron pochta manzili.

     

    7. TOVARLAR SOTIB OLISH TARTIBI.

     

    7.1. Buyurtmachi Yetkazib berish xizmati resurslarida taqdim etilgan har qanday mahsulotga buyurtma berish huquqiga ega. Har bir mahsulotga istalgan miqdorda buyurtma berish mumkin. Istisnolar har bir mahsulot tavsifida ko’rsatiladi, masalan, reklama aksiyalari, tovarlarni sotuvdan olib qo'yish va hokazolarda ko'rsatilgan bo’lsa.

    7.2. Buyurtmachi tomonidan to'lov qilish buyurtmaning tasdiqlanishi ifodalaydi.

    7.3. Tovarlar yo'q bo'lganda, yetkazib berish xizmati xodimi bunday holat haqida, Buyurtmachini xabardor qilishi shart.

    7.4. Tovarlarni yetkazib berish muddati mobil ilova/Internet resursida ko'rsatilgan. Agar yetkazib berish muddati o'zgargan bo'lsa, menejer yetkazib berish muddati o'zgarishi to'g'risida xabardor bo'lishi bilanoq, yetkazib berish xizmati xodimi Buyurtmachini yetkazib berish muddati o'zgarganligi haqida xabardor qilishi shart.

     

    8. MAHSULOT HAQIDAGI MA'LUMOT.

     

    8.1. Mahsulot veb-sayt/mobil ilovada Ijrochining mulki bo'lgan fotosurat namunalari orqali taqdim etiladi.

    8.2. Har bir fotosurat namunasi matn ma'lumotlari bilan birga keladi: mahsulot nomi, narxi va tavsifi.

    8.3. Onlayn do'konda taqdim etilgan barcha ma'lumot materiallari, faqat ma'lumot uchun mo'ljallangan hisoblanib, mahsulotning xususiyatlari, shu jumladan ranglari, o'lchamlari va shakllari haqidagi ma'lumotlarni to'liq ifodalamaydi.

     

    9. MAHSULOT NARXI.

     

    9.1. Tovar narxi soliqlarni hisobga olgan holda tovar birligi uchun o‘zbek so‘mida ko‘rsatilgan.

    9.2. Internet saytda/Mobil ilovada ko'rsatilgan tovarlarning narxi Ijrochi tomonidan bir tomonlama o'zgartirilishi mumkin, Buyurtmachi tomonidan buyurtma qilingan va to'langan tovarlarning narxi o'zgartirilishi mumkin emas.

    9.3. Buyurtmaning umumiy qiymati mahsulot narxi va yetkazib berish xizmatining narxidan iborat.

    9.4. Tovarlarni sotib olayotganda Ijrochi tomonidan Buyurtmachiga ko'rsatiladigan xizmatlarning narxi "Yetkazib berish" bo'limida ko'rsatilgan.

     

    10. TOVARLAR UCHUN TO’LOV.

     

    10.1. Tovarlarni to'lash usullari va tartiblari veb-sayt/mobil ilovada "To'lov usullari" bo'limida ko'rsatilgan.

    10.2. Buyurtmalar Click, Payme va boshqalar toʻlov tizimlari orqali naqd pulsiz toʻlov amalga oshirilganda, buyurtma narxning 100% oldindan to’lov miqdorida, yoki Buyurtmachining buyurtmasi yetkazib berilganda naqd pulni 100% miqdorida to’lash orqali amalga oshiriladi.

    10.3. Buyurtmachining tovar narxini to'lash majburiyati Ijrochining bank hisobvarag'iga tegishli pul mablag'lari kiritilgan paytdan boshlab bajarilgan hisoblanadi.

    11. TOVARLARNI YETKAZIB BERISH.

     

    11.1. Tovarlarni yetkazib berish usullari, tartibi va muddatlari veb-sayt/mobil ilovada “Yetkazib berish va olib ketish” bo'limida ko'rsatilgan.

    11.2. Tovarga egalik huquqining o’tishi (hosil bo’lishi) va tovarlarning tasodifiy yo'qolishi yoki shikastlanishi xavfi tovar yetkazib berish manzili bo'yicha Buyurtmachiga yoki Buyurtmachining vakilga topshirilganda Buyurtmachiga o'tadi.

    11.3. Har bir buyurtma doirasida tovarlarni yetkazib berish qiymati buyurtmani yetkazib berish manzili, tashuvchi narxlari asosida hisoblab chiqiladi va Buyurtmachi tomonidan mustaqil ravishda to'lanadi.

    11.4. To'lov paytida hisoblangan yetkazib berish narxi yakuniy hisoblanadi.

     

    12. TOVARNI QAYTARISH.

     

    12.1. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-sonli qaroriga muvofiq va O’zbekiston Respublikasi qonunchiligining tegishli, normativ huquqiy hujjatlarga muvofiq, puli to’langan tovarni qaytarilishi yoki shunga o‘xshash tovarga almashtirilishi mumkin emas.

     

    13. TOMONLARNING HUQUQ VA MAJBURATLARI.

     

    13.1. Ijrochi quyidagilarga majbur:

    13.1.1. Buyurtma shartlariga muvofiq tovarlarni yetkazib berish.

    13.1.2. Yetkazib berish muddati o'zgargan taqdirda, Buyurtmani to'liq yoki qisman yetkazib berish ishlarini bajarish uchun yangi shartlarga rozilik olish uchun yetkazib berish shartlari o'zgarganligi to'g'risida darhol Buyurtmachiga xabar berish. Ijrochi Buyurtmachini Buyurtmachi tomonidan ko'rsatilgan telefon aloqasi orqali xabardor qiladi.

    13.1.3. Ushbu Shartnoma shartlariga muvofiq da'volarni ko'rib chiqish va ularni ijobiy hal etish choralarini ko'rish.

    13.2. Ijrochi quyidagi huquqlarga ega:

    13.2.1. 12.1-bandga asosan tegishli sifatli tovarlarni qaytarib olish uchun da'volarni qabul qilmaslik.

    13.2.2. Ushbu Shartnomani bajarish uchun uchinchi shaxslarni jalb qilish.

    13.2.3. Xizmatlar va tovarlar uchun to'lovni belgilangan tartibda talab qilish.

    13.3. Buyurtmachi quyidagilarga majbur:

    13.3.1. Buyurtma berishda kerakli mahsulotning aniq nomini ko'rsatish (bayon etish). Mustaqil ravishda buyurtma qilinsa, mahsulotni tanlash uchun javobgar bo'ladi.

    13.3.2. Tovarlarni Buyurtmalarga muvofiq, o'z vaqtida va unda ko'rsatilgan narxda to'lash.

    13.3.3. Tovarni olgandan so'ng, Buyurtmachi buyurtmaning miqdori, to'liqligi va assortimentini tekshirishi shart. Qadoqlash yoki tovarlarning yetishmasligi yoki noto'g'ri tovarlar berilgan bo'lsa, darhol Ijrochiga habar berish.

    13.3.4. Buyurtmachi, buyurtma Ijrochi tomonindan jo'natilganligi to'g'risida xabarni olganindan keyin, buyurtmani rad etsa, buyurtmani yetkazib berish uchun transport xarajatlarini to'lashi shart.

    13.4. Buyurtmachi quyidagi huquqlarga ega:

    13.4.1. Ijrochi buyurtma shartlarini bajara olmasa, oldindan to’langan to'lovini qaytarishni talab qilish.

    13.4.2. Ijrochi tomonidan taklif qilingan mahsulotni almashtirishni rad qilish, agar buyurtma qilingan mahsulot mavjud bo'lmasa.

    13.4.3. Buyurtma tasdiqlanmaguncha shartnomani bajarishni rad etish.

     

    14. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI.

     

    14.1. Tomonlar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.

    14.2. Ijrochi, yetkazib berish xizmati orqali buyurtma qilingan tovarlardan Buyurtmachi noto'g'ri foydalanish natijasida Buyurtmachiga yetkazilgan zarar uchun javobgar emas.

    14.3. Tomonlar fors-major holatlari davomida shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgarlikdan ozod qilinadilar.

     

    15. BOSHQA SHARTLAR.

     

    15.1. Buyurtmachi va Ijrochi o'rtasidagi munosabatlarda O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi qo'llaniladi.

    15.2. Buyurtmachi tomonidan har qanday savol yoki shikoyatlar bo'lsa, u quyidagi telefon orqali bog'lanishi kerak: +998 (78) 129 70 00

    yoki delivery@ifch.uz elektron pochtasi orqali.

    15.3. Ushbu shartnoma Buyurtmachi tomonidan ushbu ofertani qabul qilgan kundan boshlab kuchga kiradi va Tomonlar o'z majburiyatlarini to'liq bajarilganicha amal qiladi.

    15.4. Tomonlar ushbu shartnoma bo'yicha o'z majburiyatlarini bajarishda yuzaga keladigan barcha nizolar va kelishmovchiliklar muzokaralar yo'li bilan hal qilinadi. Agar ularni bartaraf etishning iloji bo'lmasa, Tomonlar o'z manfaatlarini sud orqali himoya qilishga haqli.

    15.5. Yetkazib berish xizmati veb-sayt/mobil ilovada mahsulot taklifini kengaytirish va qisqartirish, har qanday tovarlarni sotib olish huquqini tartibga solish, shuningdek, o'z xohishiga ko'ra har qanday tovarlarni sotishni to'xtatib turish yoki to'xtatish huquqini o'zida saqlab qoladi.

     

    16. BUYURTMACHINING SHAXSIGA DOIR MA'LUMOTLARIGA ISHLOV BERILISHIGA ROZILIGI

     

    16.1. Buyurtmachi, Oferta shartnomasini qabul qilib, shaxsiy ma'lumotlarini ishlov berilishiga rozilik beradi (keyingi o'rinlarda Rozilik deb yuritiladi). Buyurtmachi https://www.kfc.com.uz/ saytidan foydalanganida, erkin harakatlanib, o'z xohishiga ko'ra va o'z manfaatlarini ko'zlab, shuningdek, huquqiy layoqatini tasdiqlagan holda O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi, 39-uyda joylashgan “INTERNATIONAL FOODCHAIN” MChJga o'z roziligini beradi.

    16.2. Buyurtmachi, Oferta shartnomasini qabul qilib, https://www.kfc.com.uz/ veb-saytidan foydalanishda, BAA, Dubay, Dubai Media City, Abdulloh Omran Taryam ko’chasi, 9-bino, 3-qavat, 337-351-sonli ofisda joylashgan “MENAPAKT” FZ-LLC tashkilotiga, O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-iyuldagi “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi O‘RQ-547-sonli Qonunning, 15-moddasiga muvofiq, o'zining shaxsiy ma'lumotlarini transchegaraviy uzatilishiga o’z roziligini beradi.

    16.3. Ushbu rozilik, shaxsiy ma'lumotlarni, avtomatlashtirilgan vositalaridan foydalanmasdan ham, ulardan foydalanish bilan ham ishlanilishiga beriladi.

    16.4. Buyurtmachi quyidagi shaxsiy ma'lumotlarni ishlov berilishiga rozilik beriladi: maxsus yoki biometrik bo'lmagan shaxsiy ma'lumotlar: F.I.Sh., aloqa telefon raqamlari; elektron pochta manzillari; foydalanuvchi ma'lumotlari - joylashuv ma'lumotlari; Brauzer turi va versiyasi; qurilma turi va ekran o'lchamlari; foydalanuvchi saytga qaysi manba orqali kelgani; qaysi saytdan yoki qaysi reklama orqali; OT va brauzer tili; foydalanuvchi qaysi sahifalarni ochishi va foydalanuvchi qaysi tugmalarni bosishi; IP manzil.

    16.5. Shaxsiy ma'lumotlar hamma uchun ochiq emas.

    16.6. Shaxsiy ma’lumotlar ishlov berishning maqsadlari:

    mahsulot iste'molchilari to'g'risida ma'lumot to'plash, iste'molchilarning mahsulot haqidagi fikrlari, xususan uning sifati va boshqalar;

    mahsulot haqida ma'lumot tarqatish;

    ishtirokchilarni mahsulot to'g'risida, shuningdek o'tkazilgan va (yoki) tashkil etilgan tadbirlar to'g'risida xabardor qilish;

    xizmat ko'rsatish sifatini shaxsiylashtirish va yaxshilash;

    mijozlarga xizmat ko'rsatish, buyurtmalarni bajarish, mijozlar so'rovlariga javob berish;

    davom etayotgan aksiyalar va tadbirlar doirasida tuzilgan shartnomalar bo'yicha majburiyatlarni bajarish (shu jumladan g'oliblarga sovg'alarni topshirish).

    16.7. Shaxsiy ma’lumotlarga ishlov berilishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-iyuldagi “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi O‘RQ-547-sonli Qonuni, shuningdek Buyurtmachining roziligi, asos bo’ladi.

    16.8. Shaxsiy ma'lumotlarga ishlov berilayotganda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi: yig'ish; yozib olish; tizimlashtirish; to'plash; saqlash; tushuntirish (yangilash, o'zgartirish); chiqarib olish; foydalanish; uzatish (tarqatish, ta'minlash, kirish); blokirovka qilish; o'chirish; yo’q qilish.

    16.9. Shaxsiy ma'lumotlarga, Buyurtmachining reklama va axborot obunalariga roziligi (obunani bekor qilish) bekor qilinmaguncha, lekin imzolangan kundan boshlab 5 (besh) yildan ortiq bo'lmagan muddatda, ishlov beriladi. Shuningdek, shaxsiy ma'lumotlarga ishlov berish, shaxsiy ma'lumotlar sub'ektining iltimosiga binoan tugatilishi mumkin.

    16.10. Shaxsiy ma'lumotlar sub'ekti yoki uning vakili tomonidan “INTERNATIONAL FOODCHAIN” MChJga erkin shaklda yozma ariza yuborish orqali rozilik qaytarib olinishi mumkin.

    16.11. Agar shaxsiy ma'lumotlar sub'ekti yoki uning vakili tomonidan shaxsiy ma'lumotlarga ishlov berilishi uchun rozilikdan voz kechilsa, “INTERNATIONAL FOODCHAIN” MChJ, O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-iyuldagi “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi O‘RQ-547-sonli Qonunida nazarda tutilgan hollarda, shaxsiy ma'lumotlar sub'ektining roziligisiz shaxsiy ma'lumotlarga ishlov berishni davom ettirish huquqi mavjud.

    16.12. Shaxsiy maʼlumotlarga ishlov beriladigan hudud va ular saqlanadigan hudud Oʻzbekiston Respublikasi hisoblanadi.

     

    17. FORS-MAJOR HOLATLARI.

     

    17.1. Tomonlar fors-major holatlari davomida Shartnoma bo'yicha majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgarlikdan ozod qilinadilar. Fors-major holatlari deganda, Tomonlarning ushbu Shartnoma bo'yicha o'z majburiyatlarini bajarishiga to'sqinlik qiladigan holatlar, favqulodda yengib bo'lmaydigan holatlar tushuniladi.

    Bularga tabiat hodisalari (zilzilalar, suv toshqinlari va boshqalar), jamoat hayotining holatlari (harbiy harakatlar, favqulodda vaziyatlar, yirik ish tashlashlar, epidemiyalar va boshqalar), davlat organlarining taqiqlovchi choralari (transportni taqiqlash, valyuta cheklovlari, xalqaro sanktsiyalar, savdoni taqiqlash va boshqalar kiradi). Bu vaqt ichida Tomonlar da'vo qilishmaydi va har bir Taraf fors-major oqibatlarining tavakkalchiligini o'z zimmasiga oladi.

     

    18. IJROCHINING MANZILI VA REKVIZITLARI.

     

    “INTERNATIONAL FOODCHAIN” MChJ

    Manzil: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Shayxontoxur tumani, Navoiy ko’chasi, 39.

    Telefon: + (99878) 129 70 00

    Hisob: 20208000000823341001

    “Asia Alliance Bank” ATB OPERU, Toshkent

    MFO: 01095, STIR: 305131885, OKED: 56100

     

    Bosh Direktor

    Xaydarov Q.I.

Up icon